Muallif: Abdulaxatov, Akramjon Ro‘zmamatovich; Axmedov, Farrux Shavkatovich; Raxmonberdiev, Javlon Nasriddin O‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur tadqiqot jarayonida milliy va xalqaro toifadagi kurashchilarning jang oldi tayyorgarligi va jangdagi hissiy qobiliyatlari o’zaro tahlil qilib o’tildi. Musobaqa oldi va musobaqa jarayonida sportchining havotir holati va tashvishlanish sport natijalarini qo‘lga kiritishda asosiy faktor hisoblanadi. Shunga qaramasdan, kurash sportida musobaqa oldi va musobaqa davomidagi psixologik holat, xususan, havotir va tashvishlanish masalasi ilmiy o‘rganilmagan.
Kalit so'zlar: kurash, tashvishlanish, musobaqa, sport darajasi, sport natijalari, tadqiqotlar.