04.12.2021
610
Mirsanova, M. (2021). ERKIN VOHIDOVNING ADABIY TANQIDIY QARASHLARIGA DOIR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 954-960.

Muallif: Mirsanova, Moxira

Annotatsiya: Ijodkorlarning adabiy- tanqidiy qarashlarini o`rganish natijasida barcha adabiy asarlarni, she`rlarni to`g`ri tahlil qilishni o`rganamiz, adabiyotni chuqurroq anglaymiz, har bir atamalarning ma`nosini yaxshiroq tushunamiz. Qaysi adabiyotda adabiy- tanqidchilik rivojlansa o`sha adabiyotda yuksalish bo`ladi. Chunki tanqid xatolarni to`g`rilash uchun muhim vosita, shu sabab barcha adabiyotshunoslarimiz fikrlarini, qarashlarini o`rganishimiz va xulosa chiqarishimiz lozim. Shu o`rinda O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga to`xtalsak, ijodkor o`zining sermahsul she`riyati bilan barchamizga ma`lum , bu she`riyat XIX asrning oxiri , XX asrning boshlaridagi o`zbek she`riyatining yuksak darajadagi namunalaridan biridir. Ijodkor asarlari tarkibidan doston va drammatik asarlar ham o’rin olgan, va bu janrda yaratilgan ajoyib asarlar qatorida turadi. Bulardan tashqari adabiyotshunoslikka oid “ To`la asarlar to`plami”ning 5-jildi “ Qalb sadoqati” deb nomlanadi va unda maqolalar, adabiy o`ylar, suhbatlar to`plangan. Bu jild orqali ijodkorning adabiy- tanqidiy qarashlaridan yetarlicha bahramand bo`lishimiz mumkin. Ushbu maqolada Erkin Vohidovning o`zbek adabiyoti, umuman adabiyotshu- noslik masalalari, she’riyat, shoirlik, san`at haqidagi adabiy- tanqidiy qarashlari, ijod nima? She`r nima? Ilhom nima? Kabi savollarga bergan mulohazalari to`g’risida so`z boradi

Kalit so'zlar: Erkin Vohidov, adabiyot, adabiyotshunoslik, she’r, shoirlik, iste’dod, ilhom,ijod, san’at,

Yuklab olish