28.12.2022
317
MIS KUPOROS SEXI OQOVA SUVLARIDAN OG’IR RANGLI METALLARNI AJRATISHDA NAVOIAZOT TARKIBIDA RODANIT IONLARI BO’LGAN CHIQINDI OQOVA SUVLARNI QO’LLASH.

Muallif: Ostonov, Sharifjon Qoyir o’g’li; Ibotov, Bobur Odil o’g’li; Nurmurotova, Shaxlo Oybek qizi; Ikromov, Aslonbek Madaminjon o‘g‘li

Annotatsiya: Bugungi kunda texnika va texnologiyalarning yuqori darajada rivojlanishi metallar isteʼmoliga boʼlgan talabni ortishiga olib kelmoqda. Ogʼir rangli metallarni ishlab chiqarishning uzluksiz oʼsishi texnogen chiqindilarni isteʼmolini koʼpayishiga olib keldi, bu nafaqat metallarni qoʼshimcha ishlab chiqarish manbai, balki tayyor mahsulot tannarxini pasaytirish omili sifatida ham koʼrilmoqda. Yaqin yillarda "Olmaliq KMK" АJ mis ishlab chiqarish hajmini 1,5-2 baravar oshirishni rejalashtirmoqda, buning natijasida texnogen chiqindilar (shlaklar, gazlar,chang, shlam, yuvish eritmalari, chiqindi suv va boshqalar)ning miqdorini xam ortishiga olib keladi, ularni qayta ishlash esa maxsus yondashuvni talab qiladi. . Metallarni erigan holda bo’lishi ularni ajratib olishni bir muncha osonlashtiradi. Chunki, bizga ma’lumki metallurgiya sanoatida asosiy sarf xarajatlar qayta ishlashga tayyorlash jarayonlariga sarflanadi. Mis kuporos sexi oqova suvlaridan metallarni ajratishda Navoiazot 201-sex (tiomochevina ishlab chiqarish sexi) ning tarkibida rodanit ionlari bo’lgan chiqindi oqova suvlaridan foydalanildi.

Kalit so'zlar: mis sulfati, nikel, gidrometallurgiya, ammoniy rodanid, mis kuporos, texnologik eritma, mass-spetrometr tanlovchanlik, elektrolit.

Jurnaldagi sahifalar: 858 - 866

Yuklab olish