Muallif: Toyloqov, Tuychiboy
Annotatsiya: Arab mintaqasidagi aholi soni eng ko’p va kuchli siyosiy ta’sirga ega davlatlardan biri bo'lgan Misr jamiyatida ommaviy axborot vositalari har doim sezilarli siyosiy kuchga ega bo’lib kelgan. Muborak davrining so'nggi o'n yilligida OAVning faoliyatini liberallashtirish bo’yicha katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Xususiy sun'iy yo'ldosh televideniyalarining paydo bo'lishi, ommaviy axborot vositalarining xususiylashtirilishi, mustaqil gazetalarning paydo bo’lishi va Internet xizmatlarining erkinlashuvi o'tmishdagi monolit media sahnasining plyuralistik tus olishini ta’minladi. Yangi ommaviy axborot vositalarining ko’payishi jonli va bahsli media maydonini yaratdi. Binobarin, aynan erkin media muhitida misrlik ijtimoiy faollarning ovozi, asosan, yangi aloqa vositalaridan foydalanish orqali balandroq yangray boshladi.
Kalit so'zlar: “Al-Shoruk”, “Al-Yum-Al-Sabi”, Misr inqilobi, Qoliplash, Naila Hamdy.
Jurnaldagi sahifalar: 371 - 375