11.09.2025
5
MODA INDUSTRIYASIDA GENDER NEYTRAL KOLLEKSIYALARINING OMMALASHUVI VA ISTIQBOLLARI

Muallif: Umarova, Fotima Akmal qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola gender neytralligining modadagi evolyutsiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning tarixiy ildizlari, zamonaviy tendensiyalari va ijtimoiy oqibatlarini yoritadi. Birinchi qismda gender neytralligining XX asr boshlaridagi tug‘ilishi, birinchi bor uniseks-kiyimlarning ishchi formalarida va kundalik hayotda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Keyinchalik 60-70-yillardagi madaniy inqiloblar ta’siri va 90-yillardagi androgеn uslubning ommalashishi, bu jarayonlarning moda industriyasida gender neytralligini qabul qilishga olib keluvchi muhim qadamlar ekanligi ko‘rsatib beriladi. Zamonaviy qismda Gucci va Balenciaga kabi yirik brendlar, faol ravishda gender neytral kolleksiyalarni joriy etishlari va yoshlar submadaniyatlari hamda ijtimoiy medianing bu tushunchaning tarqalishiga ta’siri muhokama qilinadi. Gender chegaralarini yo‘qotuvchi muvaffaqiyatli kampaniyalar misollari keltiriladi. Shuningdek, maqolada gender neytral modaning oldida turgan ijtimoiy va madaniy qiyinchiliklar, jumladan, stereotiplar va an’anaviy normalar tahlil qilinadi. Xulosa qismida gender neytral ligining moda sohasidagi rivojlanish istiqbollari va kelajak avlodlarga ta’siri ta’kidlanadi, shuningdek, modani genderdan qat’i nazar, erkinlik va o‘zini ifoda etish vositasi sifatida qabul qilishga chaqiriladi.

Kalit so'zlar: Gender neytrallik, moda, evolyutsiya, uniseks, androgеn uslub, inklyuzivlik.

Jurnaldagi sahifalar: 441 - 445

Yuklab olish