26.07.2022
335
MTT DA BOLALARNI MAQOM ASARLARI TINGLATISHGA O‘RGATISH VA UNI IDROK QILISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Muallif: Raxmonberdiyeva, Surayyo

Annotatsiya: Maqolada ulug‘ ajdodlarimizning barkamol shaxs tarbiyasida musiqa ilmining o‘rni muhim ekanligi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni shaxs sifatida shakllantirishda benazir yordamchiligi haqidagi qarashlar borasida so‘z yuritiladi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idrokini yaxshi rivojlantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni musiqa tinglashga o‘rgatishda nazariy uslubiy vazifalar qo‘yilishi va bu vazifalarni bajarilishida asosiy rol o‘ynaydigan uchta omilga amal qilinishi orqali erishish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg‘uloti jarayonida bolalarga mumtoz maqom asarlarini tinglatishga o‘rgatishda bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda bu jarayonga musiqa rahbari ijodiy yondashib, turli usullar orqali bu mumtoz asarlarni idrok etishga o‘rgatib borilishi va bu esa o‘z navbatida ularda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirishga yordam berishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek maqolada musiqa rahbari musiqa mashg‘ulotining tinglash faoliyatida maqom asarlarini tinglatishga o‘rgatishga doir metodik tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Mumtoz, maqom, mukammal, musiqa tinglash, orkestr, xor, shaxs, his-tuyg’ular, idrok, tafakkur, emotsional.

Jurnaldagi sahifalar: 489 - 494

Yuklab olish