Muallif: Kabirova, Nargiza Kaxramonovna
Annotatsiya: Muhammad Omon Vorasta o‘z asarlarida ishq-muhabbat mavzusini ochib bergan holda, o‘zidan oldingi ijodkorlar singari jamiyatning boy qatlamlaridan bo‘lgan qahramonlar hayotini tasvirlashga, ularning ichki dunyosi, ruhiy holatini ochib berishga intiladi. Yozuvchining asarlaridagi qahramonlar ham yuksak davralarga mansub, ularning muhabbati, taqdiri tasvirlanadi. Vorasta so‘nggi yillar voqealari asosida romanlaridagi to‘qima obrazlariga, voqealar rivojiga yangi taassurotlarni kiritadi. U, o‘z qahramonlarining xarakterini yanada teranroq ochib berish to‘g‘risida jiddiy o‘ylaydi. “بازیزسرنوشت” (“Taqdir o‘yini”) romani bosh qahramon Ahmad hayoti haqidagi ibratli hikoyadir. Qashshoqlik va abadiy sinovlarda yashayotgan Ahmad kashmirlik savdogarning uyiga hizmatchi sifatida ishga kiradi. Bir necha yil o‘tgach, u savdogarga va uning oilasining barcha a’zolariga qattiq bog‘lanib qoladi. Savdogar kamtarin va mehnatkashligini, musulmonlarning barcha qoidalari va odatlariga rioya qilganligini, imonlik insoflik yigit ekanligini bilib uni yoqtirib qoladi va o‘z qizini shu yigitga turmushga beradi. Voqealar shunday rivojlanadiki, savdogar Ahmadni asrab olib boylik ilinjida to‘g‘ri yo‘ldan adashgan botqoqlik sari yuz tutgan o‘g‘li Salimdan yuz o‘giradi. Asar qiziqarli voqealarga boy bo‘lishi bilan birga ko‘ngilochar va tarbiyaviy xususiyatga ega ekanligi tahlilda ochib berilgan.
Kalit so'zlar: obraz, badiiy tasvir, xarakter, peyzaj, mumtoz adabiyot, kompozitsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 333 - 343