17.12.2023
119
MUHAMMAD YUSUFNING TARJIMALARI

Muallif: Saydaxmedova, Nigora Sulaymonovna

Annotatsiya: Muhammad Yusuf hayoti va ijodini, asarlarini o‘rganish, so‘z qo‘llash mahoratini o‘quvchiga yetkazish uchun yuksak pedagogik mahorat, bilim zarur. Muhammad Yusuf adabiyotning turli janrlarida (maqola, she’r, hikoya, hajviya, doston) ijod qilib, asardan asarga o‘sa borgan. Shoir barmoq vaznida yuksak saviyada ijod qilgan. Uning o‘ziga xos iste’dodi, avvalo, shoir sifatida o‘zbek she’riyatiga kiritgan yangiliklarida yorqin namoyon bo‘ladi. Izlanishlarimiz davomida Muhammad Yusufning she’rlari, hajviyalaridan tashqari tarjima asarlari ham borligiga guvohi bo‘ldik. Shoirning tarjima asarlari va tarjimonlik mahorati haqida dissirtatsiyalar yoki u haqidagi kitob, maqolalarda fikr-mushohazalarni uchratmadik. Maqolada shoirning dostonlari hamda, yangi iste’dod qirrasi, tarjimasi ijodkorning benazir she’r-u dostonlari bilan birga lug‘at boyligi, o‘tkir didi, nozik ta’biga bog‘liq ijodiy jarayonligi haqida atroflicha fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tarjimayi hol, maqola, she’r, hikoya, hajviya, doston, barmoq vazni, tarjima asarlar, Diop Mamadu Traope, Jabron Xalil Jabron.

Jurnaldagi sahifalar: 168 - 173

Yuklab olish