08.11.2021
518
Mukaramovich, A. N., Mansuraliyevich, S. S., & Yakubbaevich, N. D. (2021). MANYOVR ISHLARIDA TORTUV HISOBLARINI BAJARISH UCHUN POYEZDNING NATUR VARAG ‘I ASOSIDA VAGONLARNING HARAKATIGA O ‘RTACHA OG ‘IRLIKDAGI SOLISHTIRMA QARSHILIKNI HISOBLASH USULINI AVTO

Muallif: Aripov, Nazirjan Mukaramovich; Suyunbayev, Shinpolat Mansuraliyevich; Najenov, Dautbay Yakubbaevich

Annotatsiya: Manyovr ishlariga ajratiladigan yoqilg‘ini me’yorlash tortuv hisoblari asosida amalga oshiriladi. Ushbu hisoblarni bajarish orqali manyovr lokomotivlari tomonidan sarflanadigan yoqilg‘i va yarim reyslarni bajarishga sarflanadigan vaqt miqdori hisoblanadi. Amaldagi usullar bo‘yicha manyovr ishlaridagi yoqilg‘i va vaqt sarfini hisoblash usullaridan biri bir soatda qayta ishlangan vagonlar soniga asoslanadi. Ammo, bir soatda turli xil vagonlarga xizmat ko‘rsatgan manyovr lokomotivining yoqilg‘i sarfi bir xil turdagi vagonlarga xizmat ko‘rsatilgandagi sarfga nisbatan farq qiladi. Temir yo‘l stansiyalarida manyovr ishlarini bajarishga sarflanadigan yoqilg‘i miqdorini me’yorlash tajriba o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ammo, bir stansiyada o‘tkazilgan tajriba orqali olingan natijalar bo‘yicha belgilangan yoqilg‘i me’yori boshqa stansiyaga to‘g‘ri kelmaydi va bu qo‘shimcha yoqilg‘i so‘rash yoki ortiqcha yoqilg‘ini o‘zlashtirishga yo‘l ochadi. Ushbu maqola manyovr ishlarida tortuv hisoblarini bajarish uchun poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning harakatiga o‘rtacha og‘irlikdagi solishtirma qarshilikni hisoblash usulini avtomatlashtirish natijalari bayon etilgan. Poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning harakatiga o‘rtacha og‘irlikdagi solishtirma qarshilikni hisoblashga doir dasturiy ta’minot ishlab chiqilganligi va undan foydalanish tartibi yoritilgan

Kalit so'zlar: manyovr ishlari, tortuv hisoblari, natur varag‘i, vagonning hisobiy parametrlari, o‘rtacha og‘irlikdagi solishtirma qarshilik, vagonning texnik tavsiflari, manyovr yarim reysi, o‘qqa tushayotgan og‘irlik.

Yuklab olish