Muallif: Ibodullayeva, Farangiz Baxodir qizi; Xaydarova, Ra’no Anvarovna
Annotatsiya: Mazkur maqola XX–XXI asr o‘zbek adabiyotshunosligining yirik vakili, sharqshunos va eronshunos olim, professor Shoislom Mahmudovich Shomuhammedovning ilmiy-ijodiy merosi va uning "Xazinalar jilosi" (1981) asariga bag’ishlangan. Maqolada olimning hayot yo‘li, ilmiy-pedagogik faoliyati, tarjimonlik va adabiyotshunoslik sohasidagi xizmatlari yoritilgan. Asarning tarkibiy tuzilishi, unda Umar Hayyom, Sa’diy Sheroziy va Abdurahmon Jomiy ijodiga bag’ishlangan ocherklarning tahliliy xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Professor Shomuhammedovning qiyosiy-tahliliy metodi, forsiy mumtoz adabiyotini o‘zbek kitobxoniga yetkazishdagi o‘rni va tarjimonlik mahorati alohida ta’kidlangan.
Kalit so'zlar: Shoislom Shomuhammedov, “Xazinalar jilosi”, forsiy adabiyot, Umar Hayyom, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, qiyosiy tahlil, tarjimonlik, o‘zbek adabiyotshunosligі.
Jurnaldagi sahifalar: 460 - 465