23.06.2025
57
MURAKKAB TARKIBLI OLTIN RUDALARINI QAYTA ISHLASH JARAYONIDA ULTRATOVUSH TO'LQINLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINI O'RGANISH

Muallif: Xamdamov, Sherzodbek Doniyorovich; Sattorova, Shahlo G’aybullayevna

Annotatsiya: Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida oson qayta ishlanuvchi rudalar zaxiralarining kamayishi murakkab tarkibli oltin rudalarini qayta ishlashning tez o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Oltinni ajratib olish darajasining oshishi va xom ashyodan kompleks foydalanish qayta ishlash sanoatining asosiy vazifalaridir. Rudalar va konsentratlardagi oltinni ajratish darajasini oshirish va mineral xom ashyoni qayta ishlashning murakkabligini kamaytirish uchun yangi noan’anaviy qayta ishlash usullaridan foydalanilgan holda yuqori samarali qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ultratovush to‘lqinlarining murakkab tarkibli oltin rudalaridagi mineral zarrachalarga ta’siriga ko‘rsatilgan. Tahlillar o‘tkazish va natijalarni olish uchun zamonaviy tadqiqot usullari: kukun rentgen difraksiyasi, SEM-EDS tahlili, Ritfeld metodi bo‘yicha tahlil va boshqalar qo‘llanilgan.

Kalit so'zlar: ultratovush, kukun rentgen difraksiyasi, mineral xom ashyo, SEM-EDS, Ritfeld metodi, konsentrat, ruda, murakkab tarkibli ruda, mineral zarracha qayta ishlash sanoati.

Jurnaldagi sahifalar: 25 - 29

Yuklab olish