31.05.2023
370
MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI TALABALARINI AN’ANAVIY XONANDALIK BO’YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Muallif: Bannaqulov, Mexroj Furqat o’g’li

Annotatsiya: Har bir davlat taraqqiyotning yuksak cho’qqilariga erishish uchun ta’lim tarbiya sohasiga va bu jarayonda milliy mentaletetiga alohida etibor qaratib, o’z xalqini zamonaviy ilm-fan texnologiyalari va yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boradi. Haqiqatdan taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatli, mustaqil fikrga ega bo’lgan milliy qadriyatlariga sodiq bo’lgan fuqorolari hal etadi. Bu borada milliy tiklanishdan - milliy yukasalish sari olg’a qadam qo’yayaotgan, tez fursatlarda rivojlanayotgan davlatimizning negizida qabul qilinayotgan qaror va farmonlarida hamda ta’lim tarbiya sohasida an’anaviy ijrochilik va milliy qadriyatlarimizga qaratilayotgan yuksak etibori asos bo’lib xizmat qilmoqda. Aynan shu jihatlarni inobatga olib maqolamizda Musiqa ta’limi yo’nalishi talabalarni an’anaviy xonandalik bo’yicha kasbiy kompetentligini takomillashtirishning amaliy va ilmiy nazariy asoslari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: An’anaviy xonandalik, pedagogika, mumtoz musiqa, millat, milliy g’urur, an’ana, ta’lim, tarbiya .

Jurnaldagi sahifalar: 989 - 992

Yuklab olish