Muallif: Mustafayev, Ulash Utayevich
Annotatsiya: O‘zbekistonda ma’naviyat-ma’rifat kengashlari faoliyati va Movarounnahr tarixida davlat rahbarlari va olimlarning jamiyat qadriyatlariga bo‘lgan qarashlari, ilm-ma’rifatga munosabati borasidagi sa’yi-harakatlari dalilar bilan keltiriladi. Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qilgan qarorlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslanib xulosalar berilgan. O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqot ob’ekti va bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan sustkashliklarning dolzarb masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma’suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shaklantirish va uni baholashning ilmiy asoslangan indikatori ishlab chiqishga to‘xaladi. Eng muhimi ijtimoiy-gumanitar fan vakillari bugun zamondan orqada qolayotganiga uchta omil sabab qilib ko‘rsatiladi.Ma’naviy-ma’rifiy va qadriyatlarni o‘lchash indikatori bormi degan savol qo‘yiladi va muallif Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Temir daftar”,”Yoshlar daftari”,”Ayollar daftar” va “Mehr daftar”larini shunday indikator funksiyasini bajarmoqda degan xulosaga keladi.Olimlar bu indikatorning falsafiy va ijtimoiy ahamiyatini ochib berish shart. Jamiyatda shu narsaga ehtiyoj sezilmoqda. Bu vazifani esa faylasuflar, tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar va pedagoglar amalga oshiradi degan xulosaga keladi.
Kalit so'zlar: ma’naviyat-ma’rifat, ta’lim va tarbiya, ilm, vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma’suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik, indikator, ”temir daftar”, ”yoshlar daftari”, ”Ayollar daftari”, ”Mehr daftari” tushunchalari.