11.04.2026
36
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARGA OID DAVLAT SIYOSATI: TA’LIM VA BANDLIK YO‘NALISHI (1991-2004)

Muallif: Ruzmetova, Munira Kurbonboyevna

Annotatsiya: Mazkur maqolada 1991–2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarning ta’lim olish huquqini kengaytirish hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tarixiy-huquqiy tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida 1992-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1997-yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada xotin-qizlar uchun yaratilgan ta’lim va kasb-hunar imkoniyatlari, ularni mehnat bozoriga jalb etish mexanizmlari hamda mazkur siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ushbu davrda amalga oshirilgan siyosat xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeini mustahkamlash va gender tengligi tamoyillarini qaror toptirishda muhim bosqich bo‘lganini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: xotin-qizlar, davlat siyosati, ta’lim islohoti, bandlik, gender tengligi, inson kapitali.

Jurnaldagi sahifalar: 243 - 249

Yuklab olish