Muallif: Uralova, Dilnoza Murodilla qizi
Annotatsiya: Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” romanida bir necha ramziy obrazlar talqinida yaqin o‘tmishimiz, odatlangan turmush tarzimizdagi o‘zgarishlar ruhiyatimizda keskin o‘zgarishlar, evirilishlarni yuzaga chiqargan davrdagi muvozanatsizlik holati tasvirlanadi. Roman nomining o‘zidayoq shuni anglashimiz mumkinki, yangi davr ostonasida turgan inson ko‘nglidagi mezon davr va makon o‘zgarishlari natijasida ma’lum darajada izdan chiqdi, saqlab turilgan muvozanatning qalqib ketishi keng ko‘lamda ifodalab berildi. Yozuvchi bu asarida muvozanat tushunchasiga badiiy nuqtayi nazardan yondashadi va muvozanatning inson hayotining har bir tarzida, jabhasida, namoyon bo‘lishini muvozanatning buzilish holatlarini bir necha obrazlar orqali ko‘rsatib beradi.
Kalit so'zlar: mantiqiy izchillik, voqelik, xarakter, ramz, g‘oya, tasvir, obraz, mahorat, uslub.
Jurnaldagi sahifalar: 1346 - 1351