26.11.2023
91
NAMANGAN O‘ZBEK SHEVALARIDAGI UDA, JIYAN TERMINLARINING ETIMOLOGIYASI VA LEKSIK –SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Muallif: Saidova, Muhabbatxon Shukrullayevna

Annotatsiya: Mazkur maqola Namangan shevalarida qayd etilgan uda va jiyan terminlarining etimologiyasi va leksik-semantik xususiyatlariga bag‘ishlangan. Qarindoshlik terminlari juda qadim tarixga ega bo‘lib, o‘z tarkibida yaratilish davriga ko‘ra xatto yozma yodgorliklarda ham qayd qilinmagan shakllarini saqlab kelayotganligi tarixiy leksika, dialektologiya xamda terminlar orqali butun bir jamiyatni shakllanish tarixini, oila, nikoh va qarindoshlik terminlari orqali ifodalab kelishi bilan qimmatbaho manba vazifasini o‘tay olish imkoniyatiga ega. Uda qarindoshlik termini qadimiy turkiy tillar uchun umumiy hodisa bo‘lgan va ba‘zi shevalarida saqlanib qolgan, boshqalarida unut bo‘lib, uning ayrim shevalarida esa qoldiq sifatida saqlanib qolgan. Jiyan termini qarindoshlik termini sifatida turkiy tillarning barchasida, fonetik farqlari bilan mavjud. O‘zbek tili va uning shevalarida jiyan terminining ma‘nosi torayib, konkretlashib, faqat opa-singillar va o‘rni bilan aka-ukalarning farzandlari ma‘nosinigina anglatadi. Bu fikrlar turkiyshunos olimlar ilmiy asarlariga asoslangan holda dalillangan va atroflicha izohlangan.

Kalit so'zlar: turkiy tillar, o‘zbek shevalari, qarindoshlik terminlari, etimologiya, uda, jiyan terminlari, fonetik farqlar, ma‘no torayishi

Jurnaldagi sahifalar: 357 - 363

Yuklab olish