Muallif: Anvarova, Durdona Abror qizi; Xaydarova, Ra’no Anvarovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada taniqli adabiyotshunos, matnshunos olima, O‘zbekiston Qahramoni, professor Suyima G‘aniyevaning navoiyshunoslik fani taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi va ilmiy merosi yoritilgan. Muallif olimaning Alisher Navoiy ijodiy merosini tadqiq etish, xususan, "Majolis un-nafois" asarining ilmiy-tanqidiy matnini yaratish, "Munojot" asarini aniqlash va shoir dastxatini mamlakatimizga olib kelish borasidagi mashaqqatli mehnatini tahlil qiladi. Shuningdek, maqolada Suyima G‘aniyevaning fundamental tadqiqotlari, monografiyalari hamda jahon miqyosidagi ilmiy e’tirofi bayon etilib, uning ustoz-shogirdlik an’analari va yosh olimlar tarbiyasidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, Suyima G‘aniyeva, navoiyshunoslik, matnshunoslik, "Majolis un-nafois", "Munojot", qo‘lyozma, ilmiy-tanqidiy matn, dastxat, o‘zbek mumtoz adabiyoti, fundamental tadqiqot.
Jurnaldagi sahifalar: 810 - 813