Muallif: Navruzova, Nozima Norqulovna
Annotatsiya: XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon adabiy muhitida shoiralardan Uvaysiy, Nodira, Dilshodi Barno, Anbar Otin she’riyatida ma’noviy va lafziy san’atlar keng qo’llanilgan bo’lib, ular mazmun yetakchiligini ta’minlashga va she’r shaklining mazmunga mutanosib bo’lishiga xizmat qilgan, asardagi g’oyalarning ta’sirchan, hayotiy va jozibador chiqishini ta’minlagan. Bu davrda shoiralarning tarix sahnasiga kirib kelishiga “malikayi davron” nomi bilan mashhur shoira Nodirabegim va Uvaysiyning ulkan hissasi bor.
Kalit so'zlar: XIX asr adabiy muhiti, “malikayi davron” Nodira, Uvaysiy, Dilshodi Barno, Anbar Otin, ma’noviy va lafziy san’atlar, talmeh, tashbeh, istiora