Muallif: Xalilov, J.A.
Annotatsiya: Maqolada neft-gaz sanoati oqava suvlarini tozalash jarayoni bilan tozalash-transport tizimining korroziyaviy holati oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik tadqiq etilgan. Tozalash samaradorligi bilan korroziya tezligi oʻrtasidagi bogʻliqlik monoton emas, balki ekstremal xarakterga ega ekanligi eksperimental aniqlangan: samaradorlikning 0 dan 30 % gacha ortishi korroziya tezligini 0,633 dan 0,470 mm/yilgacha pasaytiradi, undan keyingi ortishi esa uni 95,6 % da 1,027 mm/yilgacha koʻtaradi. Shu asosda tozalash va korroziyadan himoyalash jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi yetti bosqichli kompleks texnologik sxema ishlab chiqilgan. Unumdorligi 6,0 m³/soat boʻlgan yarim sanoat qurilmasida 8 oy davomida oʻtkazilgan sinovlar korroziya tezligini 1,048 dan 0,082 mm/yilgacha, yaʼni 12,8 barobar kamaytirish, tozalash koʻrsatkichlarini esa meʼyoriy talablar doirasida saqlash mumkinligini tasdiqladi. Loyihaning diskontlangan qoplanish muddati 1,8 yilni, yillik iqtisodiy samara 3 941 mln soʻmni tashkil etadi.
Kalit so'zlar: oqava suvlarni tozalash, ichki korroziya, tozalash samaradorligi, korroziya ingibitori, yopiq tsikl, pitting, texnik-iqtisodiy samaradorlik.
Jurnaldagi sahifalar: 295 - 301