Muallif: Normuhammedova, Feruza Shavkatovna; Namazova, Dilnoza Irzaqulovna
Annotatsiya: Probiotik ozuqalar organizmning umumiy holatiga, quyonlarning ko’payishi va rivojlanishiga, hayvonlarning gematologik va biokimyoviy holatiga, jigarning morfofunksional holatiga va ekskretor organlarga ijobiy ta’siri etadi. Uning 200 g/l miqdori quyonlarning ratsioniga kiritilishi intensiv texnologiyalar sharoitiga yaxshiroq moslashishga yordam beradi. Organizmning mo’tadil faoliyati ularning o’sish va rivojlanishi hamda turli kasalliklarga chidamliligi oziqlantirishni to’la qimmatli va to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liqdir. To’g’ri va tartibli oziqlantirish- yaxshi, sifatli teri va go’sht olishning asosi hisoblanadi. Oziqlantirish to’g’ri tashkil qilinsa, o’rganilayotgan har qanday zotning sifat ko’rsatkichlari yaxshilanadi. Aksincha quyonlarni noto’g’ri va yomon oziqlantirish hattoki eng yaxshi zotlarni ham mahsuldorlik va kasallik sifatlarini ham pasayib ketishiga olib keladi. Hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan oziqalar tarkibida, ularning tanasini tashkil qiluvchi barcha elementlarni saqlashi zarur.
Kalit so'zlar: probiotik ozuqa, oqsillar, yog’lar, kletchatka, pepsin, xlorid kislota, fermentlar, hazmlanish koeffisiyenti, gematopoez, kraxmal.