Muallif: Насридинова, Наргиза Алишеровна; Хафизова, Нигина Отабековна
Annotatsiya: Ishda Buxoro-Xiva mintaqasidagi murakkab tuzilgan karbonat kollektorlar uchun g‘ovaklik, o‘tkazuvchanlik va suvga to‘yinganlikning chegaraviy qiymatlarini aniqlash usullari tahlil qilindi. Kern bog‘lanishlari, flyuid harakatchanligi, g‘ovak muhiti xususiyatlari, quduqlarning geofizik tadqiqotlari va sinov natijalariga asoslangan yondashuvlar o‘zaro solishtirildi. Tahlil yoriqli va kavernoz jinslarda yagona chegaraviy qiymat yetarli aniqlik bermasligini ko‘rsatdi. Kollektorlarni «petrotip × fatsial zona» bo‘yicha ajratish hamda kern, quduq geofizik tadqiqotlari va sinov ma’lumotlarini birgalikda qo‘llashga asoslangan differensial yondashuv taklif etildi.
Kalit so'zlar: karbonat kollektor; chegaraviy qiymat; g‘ovaklik; o‘tkazuvchanlik; petrotip; fatsial zona; quduq geofizik tadqiqotlari; Buxoro-Xiva mintaqasi.
Jurnaldagi sahifalar: 340 - 350