06.06.2022
613
ODDIY SACHRATQI (CICHORIUM INTYBUS L) O’SIMLIGIDAN ENDOFIT MIKROORGANIZMLAR AJRATIB OLISH

Muallif: Annayeva, Dildora G‘yosovna; Azzamov, Ulug‘bek; Annayev, Muhriddin

Annotatsiya: Ushbu maqolada mavzu yuzasidan barcha elektron hamda yozma manbalarni tahlil qilgan holda hamda amaliy tadqiqot, tadqiqot maqsadidan kelib chiqib sachratqidan endofit mikroorganizmlar ajratib olindi va morfologik xususiyatlari o‘rganildi, ajratib olingan faol endofitlarning o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ta`sirini o‘rganildi. Dorivor o‘simliklardan endofit mikroorganizmlar ajratib olish va ularning biotexnologik potensialini tahlil qilish va o‘rganish,ildiz va barg ekstraktini asosida endofit bakteriyalarni identifikatsiya qilish ba’zi o’simliklarning fitokimyoviy tarkibiy qismlarini aniqlash va ularni mavjud ommaviy spektral tarkibini tuzish endofitik mikroorganizmlarni oddiy sachratqi bargi va ildizlaridan ajratib olish, ularni xarakterlash va ularni gen sekvensiyasi orqali aniqlashga bagʻishlangan.

Kalit so'zlar: Dorivor oʻsimliklar, Cichorium intybus, endofit mikroorganizmlar,biotexnologik, mikrobiologik, botanik hamda statistik tahlil , endofitik bakterial kultura,antibakterial faolligi, spektral tarkib.

Jurnaldagi sahifalar: 963 - 972

Yuklab olish