Muallif: Raximova, Yulduz Dilmurod qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada qardosh turk olimi, navoiyshunos olim Ogoh Sirri Levendning Navoiy hayotiga oid izlanishlari tahlil qilinadi. Olimning “Alisher Navoiy” nomli kitobida Navoiy hayotiga oid batafsil ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. Olim shoir hayotini o’rganishda uni fasllarga bo’lib o’rganishni lozim topadi, ya’ni bolalik, yoshlik, yigitlik va qarilik chog’idagi bo’lgan muhim voqealarni eslab o’tadi. Bu orqali biz olimning shoir hayotini juda yaxshi tadqiq etganligini ko’rishimiz mumkin. Olim o’z fikrlarini dalillash maqsadida Navoiyning “Majolis un nafois” tazkirasiga ham murojaat qiladi. Bu esa Navoiy biografiyasini o’rganish uchun muhim manba bo’lib hisoblanadi. Olim bu bilan cheklanib qolmaydi. Turli yevropalik sharqshunos olimlarning Navoiy biografiyasiga oid qarashlarini keltirib o’tadi va ularni o’zaro taqqoslaydi.
Kalit so'zlar: Navoiy biografiyasi,bolalik davri, yoshlik davri, yigitlik chog’i, qarilik davri, “Majolis un nafois” tazkirasi, “Alisher Navoiy” monografiyasi.
Jurnaldagi sahifalar: 48 - 52