30.05.2026
77
OILA - ASARIDA OILA AXLOQI MASALALARINING YORITILISHI

Muallif: Pardayev, Abdurahim Chori o‘g‘li

Annotatsiya: Maqolada Oila asarida oila axloqi, oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarning badiiy hamda falsafiy jihatdan yoritilishi tahlil qilingan. Asarda oilaning jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish omillari hamda er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va mas’uliyat masalalari keng yoritib berilgan. Muallif oila mustahkamligi jamiyat barqarorligining asosiy omillaridan biri ekanligini ilmiy-nazariy qarashlar asosida izohlaydi. Shuningdek, maqolada farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati ochib berilgan. Jadidchilik g‘oyalari asosida ilgari surilgan ma’rifatparvarlik qarashlari ham tahlil qilinib, asarning bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolayotgani asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: oila, oila axloqi, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, ma’naviy qadriyatlar, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, jamiyat taraqqiyoti, axloqiy tarbiya, milliy qadriyatlar, Oila, Abdurauf Fitrat.

Jurnaldagi sahifalar: 821 - 828

Yuklab olish