04.02.2023
474
OILA TIPOLOGIYASI VA FUNKSIYALARINING O‘ZIGA XOS TALQINI

Muallif: Arapbayeva, Damegul Kurbanovna

Annotatsiya: Ushbu maqola hozirgi zamon oilalarining tipologiyasi va funksiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shu bilan birgalikda maqolada oilalarning funksional imkoniyatlariga ko‘ra darajalari hamda noto‘liq oilalar shakllanishining o‘ziga xos ko‘rinishlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, maqolada oila ma’lum bir tuzilma va xususiyatlarga ega tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Har qanday tizim singari, u quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: o‘zaro bog‘liqlik: tizimning alohida elementlarining o‘zaro ta’siri; xolizm: tizimning alohida elementlari bir butunga birlashib, asl individual xususiyatlardan farq qiladigan yangi xususiyatlarga ega bo‘ladilar; asosiy parametrlari quyidagilardan iborat bo‘lgan tarkibiy tashkilot ierarxiya yoki struktura elementlarining subordinatsiyasi; oila ichidagi munosabatlarni va oila hamda atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi chegaralarning mavjudligi; uyg‘unlik; oilaning rolli tuzilishi; tizim ichidagi jarayonlarning o‘ziga xosligi (sirkulyar, spiralsimon; davriy, uzluksiz); dinamizm, yoki taraqqiy etish qobiliyati; o‘z-o‘zini tashkillashtirish qobiliyati: oilaning yaxlit, muvozanatli tizim bo‘lib qolishi va buzilmasligiga imkon beruvchi oila ichidagi kuchlarning mavjudligi; gomeostaz va rivojlanish dialektikasiga ega ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada oilaning asosiy funksional, muammoli, disfunksional, biologik-reproduktiv, iqtisodiy, tarbiyaviy va ijtimoiy, emotsional va psixogigiyenik, himoya funksiyasilari atroflicha talqin qilinadi.

Kalit so'zlar: oila, oila tipologiyasi, ahil oila, funksional oilalar, muammoli oilalar, iqtisodiy funksiya, emotsional va psixogigiyenik funksiya.

Jurnaldagi sahifalar: 894 - 901

Yuklab olish