Muallif: Abdurahimov, Ravshanbek O‘ktam o‘g‘li
Annotatsiya: vMaqolada oila va mahalla institutlarida huquqiy ong va milliy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash masalasi ijtimoiy-falsafiy va pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Huquqiy ong fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning huquq va erkinliklarini, burch va mas’uliyatini anglash darajasi, qonunga nisbatan qadriyatli munosabati hamda huquqiy xulq-atvori birligi sifatida talqin etiladi. Milliy qadriyatlar esa oila, mahalla va jamiyat hayotida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan axloqiy me’yorlar, urf-odatlar, ma’naviy an’ana va ramzlar tizimi sifatida yoritiladi. Maqolada oila va mahalla huquqiy ongni shakllantirish va milliy qadriyatlarni tiklashda o‘ziga xos “ikki bo‘g‘inli tarbiya makoni” ekani asoslab beriladi. Raqamli jamiyat sharoitida huquqiy nigilizm, formallik va ma’naviy befarqlik xavflari ko‘rsatilib, huquqiy-ma’naviy targ‘ibotning interaktiv shakllari, ota-onalar va mahalla faollari hamkorligi, yoshlar ishtirokiga tayangan kompleks yondashuv zarurligi ta’kidlanadi.
Kalit so'zlar: huquqiy ong, milliy qadriyatlar, oila instituti, mahalla instituti, huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat, yoshlar.
Jurnaldagi sahifalar: 195 - 200