Muallif: Sulaymonova, Dilafruz
Annotatsiya: Ushbu maqola oilaviy muloqotda uchraydigan murojaat shakllari masalalariga bag’ishlangan bo’lib, u o’zida ikki noqardosh til vakillari oilaviy suhbatida tez-tez kuzatiladigan o’zaro oila a’zolarining bir-birlariga nisbatan yo’llaydigan murojaat terminlariga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Mavzu doirasidagi turli adabiyotlar izchil tahlilda ko’rib chiqilib, murojaat borasidagi mahalliy va xorijiy olimlar fikrlari o’rganiladi. Tadqiqot ishida o’zbek va ingliz xalqi oilaviy kommunikatsiyasidagi murojaat ifodalari talqini farqli va o’xshash holatiga ko’ra qiyoslab o’tiladi. Shuningdek, maqolada tadqiqot mavzusini amaliy jihatdan yoritish va zaruriy manbalarni to’plashda qo’shimcha vosita bo’lgan so’rovnoma natijalari ham ikki madaniyat egalari javoblari orqali sharhlab o’tildi.
Kalit so'zlar: oila instituti, oilaviy muloqot, oila diskursi, murojaat shakllari, turli tizimli tillar, lingvomadaniyat.
Jurnaldagi sahifalar: 298 - 304