04.06.2024
79
O'LCHASH XATOLIKLARINI MINIMALLASHTIRISH VA STATISTIKANING ROLINI TAHLIL QILISH: METROLOGIK YONDASHUV

Muallif: Yusupov, Rustam Eshpulatovich

Annotatsiya: Ushbu maqola o‘lchash xatoliklarini baholash va chin o‘lchamni aniqlash usullari haqida batafsil ma'lumot beradi. O‘lchashlar nazariyasi va o‘lchash xatoliklarini bartaraf etish metrologiya sohasining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Maqolada O‘zDSt 8.010.1:2002 standartiga muvofiq chin qiymat va haqiqiy qiymat tushunchalari yoritiladi. Chin qiymat, barcha o‘lchash xatoliklarini bartaraf etish bilan erishiladigan ideal qiymatdir. Haqiqiy qiymat esa tajriba natijasida olingan va chin qiymatga eng yaqin bo‘lgan qiymatdir. Maqolada 40 mm uzunlikdagi valikni o‘lchash jarayonida yuzaga keladigan xatoliklar tahlil qilinadi. Bu jarayonda 50 marta takroriy o‘lchashlar amalga oshirilib, o‘rtacha arifmetik qiymat hisoblangan. O‘lchash natijalari asosida haqiqiy qiymat aniqlangan. Shuningdek, o‘lchash natijalari turli intervallarga ajratilib, chin o‘lchamga yanada yaqin qiymat aniqlangan. Maqolada eng mos intervallar tanlanib, ularning o‘rtacha arifmetik qiymatlari orqali chin o‘lchamga yaqinroq qiymat aniqlangan. Grafik tahlil orqali bu qiymatlar vizual tarzda ko‘rsatilgan va chin o‘lchamga eng yaqin qiymat aniqlash usullari muhokama qilingan. Ushbu tadqiqot o‘lchash jarayonida xatoliklarni minimallashtirish va aniq o‘lchamlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, metrologiya sohasidagi mutaxassislar va muhandislar uchun foydali ma’lumotlar taqdim etadi. Maqola, takroriy o‘lchashlar natijasida o‘rtacha arifmetik qiymatlarni hisoblash va statistik tahlil usullarining ahamiyatini ko‘rsatadi. Bu, o‘lchash xatoliklarini kamaytirish va chin o‘lchamga eng yaqin qiymatni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Kalit so'zlar: O'lchash xatoliklari, chin qiymat, haqiqiy qiymat, metrologiya, o'lchashlar nazariyasi, o'rtacha arifmetik qiymat, takroriy o'lchashlar, statistik tahlil, standart O'zDSt 8.010.1:2002, fizik kattaliklar.

Jurnaldagi sahifalar: 564 - 571

Yuklab olish