Muallif: Yusubov, Jamshid Qadamovich; Ochilova, Zilolaxon Absalom qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy taʼlim muassasalari pedagog-kadrlari faoliyatini baholashga oid xalqaro tajribalar o‘rganilgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Finlandiya va Avstraliya, Singapur tajribalari tahlil qilinib, pedagoglar faoliyatini baholash usullari va mezonlari yoritilgan. Tadqiqotda xalqaro tajribalarni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan. Ushbu maqola pedagoglarni kasbiy rivojlantirishga rag‘batlantirish va taʼlim sifatini oshirishda baholashning tizimli yondashuvlarini qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: pedagog-kadrlarni baholash, xalqaro tajriba, taʼlim sifati, pedagogik innovatsiya, kasbiy rivojlanish, oliy taʼlim, baholash tizimi.
Jurnaldagi sahifalar: 381 - 389