05.07.2023
364
OLIY TA’LIM TIZIMIDA SIFAT MENEJMENTINI JORIY QILISHNI TAKOMILASHTIRISH

Muallif: Bolliyev, Shamsiddin Tursunmamatovich

Annotatsiya: Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlaridagi sifat menejmenti tizimining tuzilishi va mazmunini aniqlash va uni ta’minlash bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishiga ta’sir qiluvchi yana bir muhim omil bu muammoning global tabiati va uni hal qilish yondashuvlaridagi dunyodagi umumiy tendensiyalardir. Shu jihatdan, ushbu maqolada oliygohlarda ta’lim sifati menejmenti tizimini rivojlantirish to`g`risida fikr yuritilgan. Muallif tomonidan bir qator davlatlardagi ta’lim tizimi tahlil qilingan. Turli mamlakatlarda oliy ta’limni baholash tizimini qiyosiy ko‘rib chiqish shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini qanday asosda baholashga turlicha yondashuvlar mavjud. Xorijiy tajribani tahlil qilish ta’lim tashkilotlarida sifat menejmenti uchun zarur bo‘lgan bir qator asosiy tamoyillarni shakllantirish imkonini berdi.

Kalit so'zlar: ta’lim sifati, ta’lim raqobatbardoshligi, universitet raqobatbardoshligi, ta’limn sifatini baholash, ta’lim sifat menejmenti tizimi, ta’lim sifat menejmenti dolzarbligi, sifat menejmenti, xorijiy tajriba

Jurnaldagi sahifalar: 1117 - 1125

Yuklab olish