Muallif: Рашидова, Д.А.; Хасанова, М.Т.
Annotatsiya: Ushbu sharh maqolasida o'sma belgilarining onkologiyadagi ahamiyati o'rganilib, ularning saraton biologiyasini tushunish, davolash strategiyalari va innovatsion diagnostika usullarini ishlab chiqishda asosiy vosita sifatidagi roli ta'kidlangan. Maqolada o'simta hujayralari va o'simta to'qimalarining metabolik xususiyatlari, kanserogenez biokimyosi, o'simta belgilarining asosiy turlari, saraton kasalligini tashxislash va monitoring qilish uchun ahamiyati, shuningdek ularni klinik amaliyotda qo'llash istiqbollari yoritilgan.
Kalit so'zlar: onkologiya tarixi, kanserogenez biokimyosi, o'simta hujayralari, o'simta belgilari.
Jurnaldagi sahifalar: 186 - 195