06.09.2024
159
ONLAYN PLATFORMALAR ORQALI INGLIZ TILINI O'RGANISHNING AFZALLIKLARI

Muallif: Rajabov, Xursand Saparboy o‘g‘li; Xasanova, Mavluda Alisher qizi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada onlayn platformalar orqali ta'lim olishning asosiy afzalliklari, jumladan, moslashuvchan jadval, individual yondashuv, keng resurslarga kirish imkoniyati va arzonligi kabi jihatlar ko'rib chiqiladi. Maqola, shuningdek, ingliz tilini o'rganishda onlayn platformalar yordamida o'quvchilar qanday qilib interaktiv o'quv materiallari, videodarslar, ovozli mashqlar, va jonli suhbatlar orqali o'z bilimlarini tezroq va samaraliroq oshirishi mumkinligini tushuntiradi. Shuningdek, maqola, onlayn ta'limning texnologik imkoniyatlari va zamonaviy o'quvchilarning ehtiyojlariga mos kelishi sababli kelajakda yanada kengroq qo'llanilishi kutilayotganini ta'kidlaydi.

Kalit so'zlar: onlayn ta'lim, ingliz tilini o'rganish, onlayn platformalar, moslashuvchan ta'lim, interaktiv o'quv materiallari, texnologik imkoniyatlar, arzon ta'lim, individual yondashuv, videodarslar, ovozli mashqlar.

Jurnaldagi sahifalar: 239 - 245

Yuklab olish