Muallif: Abdullayeva, Dilbar Axmadovna; Ibrakhimova, Dilfuza Farhod qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarning matematik masalalarni yechish bo‘yicha mantiqiy fikrlash va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari yoritilgan. Xususan, harakatga oid masalalarni tushuntirish metodikasi asosida, masala shartini to‘g‘ri tushunish, mohiyatini anglash va tenglama tuzish bosqichlari bosqichma-bosqich bayon etilgan. Daryo oqimidagi harakat va turli relyeflarda harakatlanish bo‘yicha misollar yordamida o‘quvchilarga mavzuni tushuntirish usullari ko‘rsatib berilgan. Har bir bosqichda o‘quvchilarning masala shartini tahlil qilish, belgilar kiritish va tenglamalarni tuzish ko‘nikmasi rivojlantiriladi. Maqolada shuningdek, boshqa turdagi matematik masalalar — sonlar, foizlar, aralashmalar kabi masalalarni ham shu uslubda o‘rgatish samaradorligi ta’kidlanadi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarda nafaqat dars davomida, balki hayotda ham yuzaga keladigan muammolarni hal etish malakasini shakllantirishga yordam beradi.
Kalit so'zlar: Matematik masalalar, mantiqiy fikrlash, muammoni hal qilish, harakatga oid masalalar, tenglama tuzish, daryo oqimi, relyef, o‘quvchilar ko‘nikmasi, ta’lim metodikasi, real hayotiy vaziyatlar.
Jurnaldagi sahifalar: 77 - 82