16.10.2023
207
O’QUVCHILARNING SO’Z BOYLIGINI RIVOJLANTIRISHDA LUG’ATLARDAN VA QISQA HIKOYALARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI

Muallif: Embergenova, Altinay Jumabekovna

Annotatsiya: So’z boyligi ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rganadiganlar uchun akademik hayotida muhim rol o’ynashi inkor etilmaydigan haqiqatdir. Buning sababi shundaki, agar chet tilini o’rganuvchilarda so’z boyligi yetarlicha bo’lmasa, boshqa til qobiliyatlariga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun Devid Uilkins “grammatikasiz juda oz narsani yetkazish mumkin. Lug’atsiz hech narsani yetkazib bo’lmaydi.” deb juda to’g’ri aytgan. Shu sababli har qanday xorijiy tilda so’z boyligini o’rgatish va o’rganish juda muhim o’rinni egallaydi. Shunday qilib, turli usullar va strategiyalar ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rganuvchi o’quvchilarining so’z boyligini rivojlantirish uchun qo’llaniladi. Garchi muvaffaqiyat amaldagi har qanday metodologiya, strategiya yoki materialning xususiyatiga va o’quvchilarning ushbu metodologiya, strategiya va materialga bo’lgan tasavvurlariga hamda munosabatlariga bog’liq. Ushbu maqola o’quvchilarning lug’at boyligini rivojlantirishda qisqa hikoyalarning rolini o’rganishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: So’z boyligini rivojlantirish, o’quvchilar, qisqa hikoyalardan foydalanish, lug’at, o’qitish strategiyalari, chet tilini bilish.

Jurnaldagi sahifalar: 24 - 28

Yuklab olish