Muallif: Kamalova, Gulnaz Abdiualiyevna
Annotatsiya: Ushbu maqola Orolboʻyi zonasida foliy kislotasi yetishmovchiligining homila ichki anomaliyalari, xususan neyral nay defektlariga (NNQ) boʻlgan taʼsirini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ushbu mintaqada folievaya kislotasi yetishmovchiligi keng tarqalgan boʻlib, bu NNQ va boshqa tugʻma nuqsonlar xavfini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada folievaya kislotasining homila rivojlanishidagi oʻrni, shuningdek, geografik va ekologik omillarning bu mintaqadagi oziq-ovqat mahsulotlari va aholi salomatligiga taʼsiri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari folievaya kislotasi qoʻshimchasining neyral nay defektlari va boshqa tugʻma nuqsonlarni kamaytirishdagi samaradorligini tasdiqlaydi. Orolboʻyi zonasida folievaya kislotasi bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari va homilador ayollar uchun maxsus qoʻshimchalarni keng joriy etish zarurligi aniqlanadi.
Kalit so'zlar: Foliy kislotasi, neyral nay defektlari, Orolboʻyi zonasi, homila anomaliyalari, ekologik omillar, oziq-ovqat boyitish, tugʻma nuqsonlar, homiladorlik.
Jurnaldagi sahifalar: 253 - 261