09.01.2025
25
O‘RTA MAKTAB O‘QUVCHILARINING YOZMA KO‘NIKMALARINI BAHOLASH METODLARI

Muallif: Tog‘asiyeva, Mohinur To‘xtamish qizi

Annotatsiya: Mazkur maqola o‘rta maktab o‘quvchilarining yozma ko‘nikmalarini baholash jarayonidagi nazariy va amaliy jihatlarni tahlil qilishga qaratilgan. Yozma ifoda qobiliyati nafaqat lingvistik me’yorlar va grammatik tahlil darajasida o‘rganiladi, balki ijodiy potentsial, tanqidiy tafakkur va kommunikativ samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan ham baholanadi. Tadqiqotda baholash mezonlarining kognitiv asoslari hamda ularning didaktik samaradorlikka ta’siri muhokama qilinadi. An’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladigan innovatsion metodlar qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, yozish faoliyatini murakkablashtiruvchi omillar, jumladan, psixologik va sotsio-madaniy to‘siqlar ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida pedagogik jarayonning sifatini oshirishga qaratilgan takliflar va baholash mexanizmlarini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.

Kalit so'zlar: yozish ko‘nikmasi, baholash mezonlari, ijodiy potensiallik, tanqidiy tafakkur, lingvistik me’yorlar, didaktik samaradorlik, innovatsion metodlar, sotsio-ma’daniy to‘siqlar, pedagogik jarayon.

Jurnaldagi sahifalar: 342 - 346

Yuklab olish