08.11.2022
263
O‘SIMLIKLAR OLAMIGA INSON FAOLIYATINING SALBIY TA’SIRI, HAMDA UNI OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI

Muallif: Xalmatova, Shoxistaxon; Gaybullayeva, Madina; Akramov, Adhamjon

Annotatsiya: Insonni tabiatga, tirik mavjudotlarga ta’siri, albatta qadim davrlardanoq boshlangan. Qadimgi kishilik jamiyatidagi formatsiyalarda tabiatdan foydalanish, rejasiz va tartibsiz bo‘lgan. Agar insonlar faoliyati tartibsiz holda rivojlansa, ya’ni ongli ravishda boshqarilmasa, u o‘zidan so‘ng faqat cho‘lni qoldiradi. O‘simliklarni dunyosi tiklanadigan tabiiy resurslarga kiradi, ularni yaxshi xususiyatlari borki, ular doimo o‘sish, rivojlanishida, yangilanib turishda. Lekin bunday normal holatda ularni tiklanib turishi uchun ularga ko‘rsatilayotgan ta’sirlar ham bir me’yorda bo‘lishi kerak. Agarda ularga bo‘lgan ta’sir shu qadar beqiyos va kuchli bo‘lsa tiklanadigan tabiiy resurslar ham tiklanmaydigan holatga tushib qoladi. Shuning uchun ularni hayotida inson ongli ravishda ishtirok etishi, bu jarayonni me’yorlab, boshqarib borishi zarur. Tabiatda o‘simliklar dunyosiga ko‘rsatiladigan antropogen omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish yoki ularni batamom yo‘qotish kerak.

Kalit so'zlar: tabiiy resurslar, o‘simliklar, antropogen omil, tabiat, flora, fauna, qizil kitob, populyatsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 947 - 953

Yuklab olish