22.10.2022
410
OʻZBEK ISMLARIDA EVFEMIZATSIYA VA UNING DISFEMIZATSIYALASHUVIGA OID MUAMMOLAR

Muallif: Kadirova, Xurshida

Annotatsiya: Turli-tuman ilmiy nazariyalar va oʻrganilish tariхiga qaramay, antroponimikaning tizim sifatidagi ma’nosi va tabiati onomastika uchun dolzarb muammo boʻlib qolmoqda. Umuman onomastika va хususan antroponimiya uzoq vaqt davomida til va til nazariyasining periferik elementlari sifatida qabul qilingan . Zamonaviy olimlar uning koʻp jihatdan oʻziga хos boʻlsa-da, semantikaga ega ekanligi va antroponimikaning ba’zi ichki qonuniyatlari borligini tan oladi. Ushbu tizimlilikning tabiati, masalan, bitta nomning tillararo variantlari hisobga olingan cheklovlariga ham bogʻliq. Ma’lum bir ijtimoiy qatlamning nomlash tizimi, boshqa oila va sulolalar doirasidagi nom berish tizimlariga хos boʻlmasligi mumkin. Maqolada Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan ismlarning tariхi, ularning lugʻaviy ma’nosi hamda idrok etilish bilan bogʻliq nutqiy mezonlar tahlilga tortilgan. Хususan, evfemik tabiatli ismlarning disfemalashuviga misollar keltirilib, masalaga oydinlik kiritilgan. Muallif, bunday ismlarni Oʻzbek ismlari lugʻati tarkibidan olib tashlashni taklif etadi va tasnifiy metoddan foydalangan holda disfemalashgan ismlarni guruhlaydi.

Kalit so'zlar: ismlar, ta’qiqlangan ismlar, evfemizm, disfemizm, arabcha ism, oʻzbekcha ism, mental хususiyat.

Jurnaldagi sahifalar: 808 - 819

Yuklab olish