11.04.2026
45
O‘ZBEK MILLIY KULOLCHILIGIDA HANDASAVIY RAZMLARGA OID AYRIM MULOHAZALAR

Muallif: Azizov, Ahrorbek A’zamjonovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek milliy kulolchiligida shakllangan bezak, ramzlarning geometrik shakldagi turi tahlil etilgan. Maqola tarixiy manbalar, devoriy suratlar hamda qadimiy e’tiqodiy qarashlarga oid ma’lumotlarni tahlilga tortgan. Shuningdek, bezaklarning o‘zbek kulolchiligida qadimdan qo‘llanish maqsadlari va vazifalari ham ochib berilgan. Bundan tashqari, milliy kulolchilikdagi bezak sifatida keltirilgan turli shakllarning shakllanish omillarini yoritib berishga harakat qilingan. O‘zbek milliy kulolchiligida uchraydigan geometrik ramzlarning ma’nolari, qanday usullar yordamida kulolchilik mahsulotlarida aks ettirilganligi jihatlari tadqiq etilgan. Ayniqsa, ma’lum bir bezakning ramziy mazmuni bog‘liq bo‘lgan tabiat manbalari yoki birliklarining o‘zbek madaniyatidagi ahamiyati ochib berilgan. Bundan tashqari, qadimdan hozirgi kungacha saqlanib kelayotgan turli geometrik ramzlarning kulolchilikda qator o‘zgarishlarga uchrashi tahlil etilgan. Ma’lumki, eng qadimgi davrlardan Turonda mavjud bo‘lgan bezaklarda e’tiqodiy qarashlar va diniy tasavvurlardagi o‘zgarishlar o‘z aksini topgan. Ayniqsa, islom dini qaror topishi natijasidagi ramzlarda kechkan o‘zgarishlar keltirib o‘tilgan. Shuningdek, milliy bezaklar orasida geometrik shakllarning bugungi kundagi bezaklar majmuasi tarkibiy qismi yoki asosi sifatida qo‘llanishi xususiyatlari ko‘rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: Turon, Namozgoh, Jannat, uchburchak, Umay, doira, quyosh, Rishton, Xorazm, Sug‘d, Xumbuztepa.

Jurnaldagi sahifalar: 266 - 276

Yuklab olish