07.08.2023
485
O‘ZBEK OILALARIDA OTA-ONA VA FARZANDLAR O‘ZARO MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Muallif: G’ulomova, Zebiniso Xamidovna

Annotatsiya: Ushbu maqola ota-onalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlar muammosiga bag'ishlangan. Oilada bola va ota-onalar o'rtasidagi munosabatlar masalasiga asosiy falsafiy va psixologik yondashuvlarni ko'rib chiqadilar, zamonaviy oilada ota-onalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladilar. Bugungi kunda oiladek ta’sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarni qadriyatlarga nisbatan e’tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy axloqiy munosabatlarni hosil qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanmoqda. Ushbu o’ziga hos jixatlarni hisobga olgan holda maqolada fikr yuritishga harakat qildik. Shuningdek maqolada o'zbek oilalarida ota ona va farzandlar o'zaro munosabatlarning psixologik xususiyatlari yoritib berilgan. O’zbek oilasida avlodlardan meros shunday tarbiya mezonlari va an`analari mavjudki, ularning xayotiyligi va bardavomligi bois millatimiz ma`naviyati yuksak pog’onalarga ko’tarildi.

Kalit so'zlar: avlod, tarbiya, ijtimoiylashuv, oilaviy munosabatlar psixologiyasi, tarbiya, oilaviy munosabatlar madaniyati.

Jurnaldagi sahifalar: 423 - 429

Yuklab olish