28.04.2023
341
O‘ZBEK TILIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI TERMINLARINING TARAQQIYOTIDA TARIXIY MANBALARNING AHAMIYATI

Muallif: G‘aniyeva, Lobar

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunga qadar shakllangan, davlat boshqaruvida amalda qo‘llaniladigan o‘zbek tilidagi terminlarning taraqqiyotida tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati haqida ilmiy munozara yuritilgan. Tarixiy manbalarda uchraydigan davlat boshqaruvi terminlari diaxron va sinxron aspektda tahlilga tortilgan va bugungi kundagi faol yoki nofaolligi lingvistik jihatdan o‘rganilgan. Tarixiy terminlarning yetakchi ma’nolari izohlab keltirilgan.

Kalit so'zlar: termin, terminologiya, tarixiy termin, davlat boshqaruvi, manba, ma’no torayishi, yetakchi ma’no, integral sema.

Jurnaldagi sahifalar: 632 - 643

Yuklab olish