24.02.2023
699
O‘ZBEK TILINING PEDAGOGIK TERMINOLOGIYASIDA KO‘P MA’NOLILIK HODISASI

Muallif: Yaxshiyeva, E’tibor Baxtiyorovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada terminologik polisemiya hodisasi masalasi tadqiq qilingan. Xususan, terminologik birliklarda ham kuzatiladigan polisemiyaning o‘zbek tili pedagogik terminologiyasi misolidagi tahlili amalga oshirilgan. Ilmiy yondashuvlarga ko‘ra, soha tushunchasini aniq ifodalash uchun xizmat qiluvchi termin bir ma’noli bo‘lishi, muayyan sohaning aniq bir tushunchasini ifodalashi lozim. Tilshunoslik sohasi mutaxassislari, jumladan, terminologlar tomonidan terminning bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘lishi masalasi to‘la hal etilmagan. Obyektiv holat ayrim terminlarning semantik tarkibi birdan ortiq ma’nodan tashkil topganligini, ya’ni terminologik polisemiyaning mavjudligini ko‘rsatib turadi. Terminologik polisemiya barcha soha terminologiyasida kuzatiladi. Bu holat umumlingvistik va maxsus lug‘atlarda ham keng aks etmoqda. Ayrim terminlarning semantik strukturasi umumleksik ma’no, terminologik ma’nodan tarkib topgan bo‘lsa, ba’zi terminologik birliklarda birdan ortiq tushuncha bilan bog‘liq ma’nolar mujassamlashgan. Ayni holat terminlarni semantik jihatdan leksema-termin hamda sof terminga ajratishni taqozo qilish bian birga ularning leksikografik talqini va tavsiflarini ham qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bu esa leksik-semantik munosabatlarning terminologiyadagi o‘rnini, terminologik polisemiyaning omonimiya va polifunksionimiya bilan munosabati masalasini alohida yondashuv asosida baholash va tavsiflash hamda terminologiyada yuzaga kelayotgan ko‘p ma’nolilikning oldini olish, tartibga solish bilan bog‘liq vazifalarning dolzarbligini ko‘rsatib turadi.

Kalit so'zlar: leksik tizim, so‘z, termin, terminologiya, pedagogika, leksik-semantik munosabat, tushuncha, ma’no, monosemiya, polisemiya, terminologik ma’no, polisemantik termin, leksikografik izoh, leksema-termin.

Jurnaldagi sahifalar: 562 - 568

Yuklab olish