30.03.2023
222
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI “BOSH/ HEAD” KOMPONENTLI SOMATIK FRAZEMALARNING SEMANTIK DOIRALAR HOSIL QILISHI

Muallif: Abduazizova, Munisa

Annotatsiya: Frazeologizmlar muayyan obrazni turli predmet, voqea-hodisalarning umumlashma tasavvuri vositasida tasvirlab beradi. Iboralar shaxs, ya’ni so‘zlovchi omili bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, shaxsning tasavvuri, dunyoqarashi, fiziologik va ruhiy holati voqelikni majoziy tasvirlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniyat leksikonga, leksikon esa frazeologizmlar ifodasiga uzviy ta’sir ko‘rsatib turadi. Inson leksikonida boshqa leksik birliklar kabi iboralar ham muayyan umumiy jihatlar asosida paradigmalarga birikadi. Mana shu guruhlanishda mazmuniy ifoda plani yetakchi unsur vazifasini o‘taydi. Maqolada frazeologik birliklarning semantik jihatdan paradigmalar hosil qilishi va bu jarayonning tillarda uchrovchi lingvomadaniy farqlarni ochib berishdagi ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: frazeologizmlar, frazeologik birikmalar,semantic maydon, paradigmatik tasnif, semantika, lingvokulturologiya, somatizm, frazeologik omonimlik, lisoniy ong.

Jurnaldagi sahifalar: 592 - 596

Yuklab olish