15.03.2024
324
O‘ZBEK XALQ DOSTONLARIDA EPIK FORMULALAR TASNIFI

Muallif: Djurakulova, Gulnoza Shavkatovna

Annotatsiya: Ushbu maqola folklor janrlarining, ayniqsa, xalq dostonlarining o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan an’anaviy epik formulalar tadqiqiga bag‘ishlanadi. Maqolada an’anaviy takrolar sohasida shu paytgacha qilingan ishlar umumlashtirildi hamda ushbu masala еchimi yo‘lida keyingi qadam tashlandi. Tadqiqot ishida epik formulalarning doston janrida paydo bo‘lish sabablari va qonuniyatlari o‘rganib chiqilib, tahlil qilindi. Matnda takror qoliplarini ko‘rsatish mumkin bo‘lgan umumiy belgilar ajratib ko‘rsatildi. Maqola muallifi epos kuylovchilarning ko‘p asrlik an’anasi asosida yuzaga kelgan epik formulalar xalqning ma’naviy merosi, madaniyatning yaqqol namunasi degan xulosaga keladi. Bu formulalar madaniyatning yaqqol namunasi bo‘lishi bilan birga ma’lum bir qonuniyat vazifasini ham o‘taydi.

Kalit so'zlar: folklor, epik formulalar, epos, doston, an’ana, takror, qolip, baxshi.

Jurnaldagi sahifalar: 131 - 137

Yuklab olish