28.07.2023
204
O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA MIQDOR KONSEPTINING KOGNITIV XUSUSIYATLARI

Muallif: Xolmatova, Odina O‘ktamovna

Annotatsiya: Maqolada o‘zbek xalq maqollarida miqdor konseptining bir qator kognitiv xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqollarning majoziy tabiati ulardagi aniq yoki yashirin taqqoslash bilan bog‘liq emas – bu ¬har xil turdagi maqollar semantik tuzilishining kognitiv asoslarida turli yo‘llar bilan namoyon bo‘ladigan kognitiv jarayonlar natijasidir. Insoniyat o‘zi yaratgan maqollarda bir asosdagi tushunchalar bilan ikkinchi tushuncha haqidagi fikrlarini muqoyasa qiladi, to‘ldiradi, ifodalarning obrazli bo‘lishini ta’minlaydi. Birlamchi fikrlar ifodasi asosida ikkilamchi, hosila fikrlarni verballashtiradi.Raqamlar o‘z vazifasidan tashqari bir qancha kognitiv jihatlarni ham ifodalaydi. Milliy-madaniy ko‘rsatkich sifatida talqin etilayotgan raqamlar har bir xalqning ma’naviy tafakkuri, dunyoqarashi, milliy mintalitetini ifodalovchi o‘ziga xos lingvomadaniy belgidir. O‘zbek tilidagi maqollarni mana shu nuqtayi nazardan o‘rganish va lingvomadaniy kodlar asosida tasnif qilish orqali o‘zbekona tafakkur modellarini yaratish, millat lisoniy ongiga xos mexanizmlarni yoritib berish mumkin.

Kalit so'zlar: madaniy kod, mental birlik, konsept, lingvomadaniy belgi, miqdor, raqam,kognitiv asos, model,semantika.

Jurnaldagi sahifalar: 292 - 299

Yuklab olish