Muallif: Bekmurodova, F.A.; Yunusov, M.F.
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishning nazariy-huquqiy asoslari, mavjud iqtisodiy holati hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mamlakat iqtisodiyotining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, investitsiya faolligi, tashqi savdo tarkibi, logistika samaradorligi, mehnat unumdorligi va eksport salohiyati o‘rganildi. Shuningdek, raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi asosiy tarkibiy, institutsional va innovatsion muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lishiga qaramay, eksportni diversifikatsiya qilish, logistika tizimini modernizatsiya qilish, innovatsion faoliyatni kuchaytirish hamda investitsiyalar sifatini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Maqolada milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va bosqichma-bosqich chora-tadbirlar taklif etilgan.
Kalit so'zlar: milliy iqtisodiyot, raqobatbardoshlik, eksport diversifikatsiyasi, investitsiya muhiti, logistika, mehnat unumdorligi, innovatsiya, iqtisodiy islohotlar, sanoat siyosati, iqtisodiy o‘sish.
Jurnaldagi sahifalar: 900 - 919