Muallif: Sharaxmetova, Umida Shaakbarovna
Annotatsiya: Keyingi yillarda Uzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bulmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Xalqaro xususiy huquqda horijiy davlatlar fuqarolari boʼlgan shaxslar ishtirok etadigan munosabatlar, yaʼni masalan, ularning oʼzaro nikoh tuzishlari yoki umumiy fuqarolikka ega boʼlmagan er-xotinning aliment toʼlash toʼgʼrisida bitim tuzishi horijiy element ishtirokidagi munosabatlar deb ataladi. Oʼzbekiston fuqarolarining chet el fuqarolari bilan nikox tuzishlari sonining sezilarli darajada oshganligi tadqiqot mavzuning bugungi kunda dolzarbligini anglatadi. Bunda chet el element ishtirokidagi xilma-xil munosabatlar, yaʼni nikoh tuzishda, nikohning tugatilishida, nikohni haqiqiy emas deb topishda, er-xotin oʼrtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarda, ota-ona va bolalar oʼrtasidagi mulkiy munosabatlarda tafovutlar yuzaga keladi. Maqolada oilaviy munosabatlar bilan murakkablashgan chet el elementi mavjud bulgan hollarda qaysi davlat huquqi qoʼllanilishi va qaysi davlat organlari oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan u yoki bu masalalar buyicha qaror qabul qilishga vakolatli kabi masalalar oʼrganilgan.
Kalit so'zlar: chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlar, oqsoq nikoh, kollizion norma, kollizion bogʼlovchilar, monogam nikoh, poligam nikoh.
Jurnaldagi sahifalar: 666 - 675