Muallif: Soyibnazarov, Bahtiyor Abdunazar o‘g’li
Annotatsiya: Bugun zamonaviy dunyoda mamlakatning dunyo reytingidagi mavqei harbiy va siyosiy qudrat, ishlab chiqarish hajmi bilan bir qatorda, uning ixtirochilik va intellektual faoliyat natijalarini yaratish qobiliyati bilan belgilanmoqda. Innovatsion texnologiyalarni yaratish va qo‘llash qobiliyati ayni vaqtda nafaqat ilmiy-innovatsion yuksalish, balki mamlakatning jahon iqtisodiyotida samarali ishtiroki va uning aholisi munosib turmush darajasi uchun zarur shartlardan biri hisoblanmoqda. Shu boisdan ham mamlakatlarda intellektual mulk obyektlarini yaratilishi har jihatdan rag‘batlantirilib, himoya qilib kelinadi. Quyidagi maqolada intellektual mulk huquqida hamisha dolzarb bo‘lib qolayotgan mavzulardan biri hisoblanadigan patent huquqi obyektlarining huquqiy himoyalash tartibini O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib o‘tamiz.
Kalit so'zlar: patent, patent idorasi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, huquqiy himoya.
Jurnaldagi sahifalar: 117 - 124