23.03.2023
455
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKAT YORDAMCHISI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI

Muallif: Egamov, Xamrobek Xamid o‘g‘li; Matmurotov, Alibek Ravilovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada advokat yordamchisiga oid bo‘lgan asosiy qoidalar qonunda aks ettirish kerakligi, advokat yordamchisi bo‘lish uchun qo‘yilgan talablar, advokat yordamchisi bo‘lishi mumkin bo‘lmagan shaxslar, advokat yordamchisi faoliyatini tartibga solishga oid hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan qabul qilinishi zarurligi xorijiy davlatlar tajribasi asosida muhokama qilindi. Mualliflar tomonidan advokat yordamchisini advokatlik siri bo‘yicha kelgusida guvoh sifatida so‘roq qilish mumkin bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatiga kiritishga hamda advokat yordamchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi muddatli bo‘lishi lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Kalit so'zlar: Advokatlar palatasi, huquqiy maqom, advokat yordamchisi, advokat yordamchisi bo‘lish uchun talablar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish, guvoh.

Jurnaldagi sahifalar: 228 - 237

Yuklab olish