31.10.2023
151
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA ZIYORATGOHLARNING AHAMIYATI

Muallif: Eshiniyazov, Berdiniyaz Ańsatbay ulı; Saliev, Erkin Polatbay ulı; Tursınbaev, Alpamıs Kenesbaevich

Annotatsiya: Ayni paytda jahonda globallashuv davrida davom etayotgan barcha sohalardagi o‘zaro integratsiya jarayonlari turizm sohasini yanada rivojlantirishga turtki bo‘lmoqda. Ziyorat turizmi turizmning boshqa sohalari qatori alohida ahamiyatga ega bo‘lib, barcha xalqlarning ma’naviy va moddiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois dunyoning barcha davlatlari ushbu sohani rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda. Ziyorat turizmi nafaqat dunyo xalqlariga o‘z milliy o‘zligini anglashda yordam beradi, balki ular o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga ham keng yo‘l ochadi. Ma’naviy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sifatida bu sohaning tobora rivojlanib borishi xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’naviy munosabatlar uchun zamin yaratadi.

Kalit so'zlar: turizm, ziyoratgohlar, ziyorat turizmi, madaniy-ma’naviy munosabatlar, madaniy meros obyektlari.

Jurnaldagi sahifalar: 243 - 251

Yuklab olish